21-dekabr, juma (shanbaga o‘tar kechasi) kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasida 17-tur markaziy o‘yin bilan boshlandi.
Unda musobaqa jadvalida 1 hamda 2-o‘rinlarni band qilib turgan jamoalar — “Borussiya D” va “Borussiya M” o‘zaro kurash olib bordi. O‘yinda “Borussiya Dortmund” kichik hisobda (2:1) g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Jeydon Sancho hisobni ochgan bo‘lsa, 1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada “Borussiya M” a’zosi Kristofer Kramer raqib darvozasini ishg‘ol etdi (1:1). 2-bo‘limning 54-daqiqasida Marko Roys hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. Mazkur natijaga o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.
22-dekabr, shanba kuni tur doirasida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Bayer Leverkuzen” jamoasi o‘z maydonida “Herta”ni qabul qiladi. O‘yin 19:30 da boshlanadi.
“Bavariya” esa mazkur turda Frankfurtga safar qiladi. Myunxen klubi “Ayntraxt” bilan kurash olib boradi. Bellashuv 22:30 da boshlanadi.
Bundesliga
17-tur bahslari
22-dekabr, shanba
“Borussiya D”—“Borussiya M” 2:1
Gollar: 1:0—42 Sancho, 1:1—45+1 Kramer, 2:1—54 Roys.“Bayer Leverkuzen”—“Herta” 19:30
“Leypsig”—“Verder” 19:30
“Shtutgart”—“Shalke-04” 19:30
“Hannover 96”—“Fortuna D” 19:30
“Nyurnberg”—“Frayburg” 19:30
“Ayntraxt F”—“Bavariya ” 22:30
23-dekabr, yakshanba“Augsburg”—“Volfsburg” 19:30
“Hoffenhaym”—“Mayns” 22:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)