Navoiy shahrida birinchi kovorking markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Viloyat hokimi Kobul Tursunov, korxona-tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etgan ushbu maskan yoshlarning hayotga yangicha yondashuvi, zamonaviy fikrlar, innovatsion g‘oyalar shakllanadigan, hayotga tatbiq etiladigan markaz bo‘lishi kutilmoqda.
Tadbirkor Sunnatillo Isroilov tomonidan 2,2 milliard so‘m sarflab qurilgan ushbu bino 4 qavatdan iborat. 1-qavatida kovorking markazi, boshqa qavatlarda fitnes klub va ofislar joylashadi. Markazda 20 nafar yosh ish bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)