San’atshunos Aleksandr Vasilyev chin qalbdan O‘zbekistonni yaxshi ko‘radi. Buxoro bozorlarida yangi liboslar sotib olish, Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida suratlarni tomosha qilish uning jon-u dili. Aleksandr Vasilyev Sputnik muxbiriga o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab qilgan sayohati haqida hikoya qilib berdi.
— O‘zbekistonda meni do‘stona kutib olishadi. Har bir shaharda ko‘plab insonlar men bilan suratga tushib, dastxat olishni xohlashadi.
Shunday holatlar bo‘ladiki, ayniqsa, Toshkentda: meva-cheva sotuvchi ayollar sabzavot sotuvchi ayollar bilan urishib ketishadi va mening yengimdan ikki tarafga tortib, aynan ularning peshtaxtalari oldiga borishimni istashadi. Bu odamni quvontiradi, albatta. Chunki men Sharqda aziz mehmonman, O‘zbekiston esa turizm uchun yuksak darajadagi mamlakat, dedi u.
Izoh (0)