Muhtoj oilalarga uy-joy, zarur maishiy texnika jihozlari ajratish, uy-joyini ta’mirlash, tibbiy xizmatga ehtiyoji va kredit olishga xohishi bo‘lgan oilalarga yordam berilmoqda, deb yozadi O‘zA.
Andijonda shu yilda nogironligi bo‘lgan 238 fuqaro uy-joy berildi. Respublika miqyosida 21 500 dan ziyod nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand va nochor oilalar arzon uy-joylar bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, 30 500 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarga umumiy qiymati 3,6 milliard so‘mlik protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari sotib olindi. Ularning 16 000 nafari reabilitatsiya markazlarida davolandi va bu maqsadlar uchun 17 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Izoh (0)