UFC bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Habib Nurmagomedov nima uchun oktagonga Rossiya bayrog‘i bilan chiqmaysiz, degan savolga keskin javob qaytardi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Google Images

“Men har doim(bayroq bilan) chiqaman. Ekranda mamlakat bayrog‘i ko‘rsatiladi. Amerikada Dog‘iston, Checheniston, Kavkazni bilmaydiganlar meni rus o‘g‘loni deb biladi. Agar sezgan bo‘lsang, hatto xorijlik sportchilar ham, umuman hamma meni rus deb o‘ylaydi. Shu sababli ular uchun biz — bir millatmiz, bir xalqmiz. Eng muhimi, bizning xalqimiz ajratilmasligi. Masalan, sen kabilar tomonidan.

Chet elda, hech kim bizni ajratmaydi. Bizning ajralishimizni xohlaganlar oramizda. Kel, yaxshisi siyosat haqida emas, sport haqida gaplashamiz. Agar senda tuzukroq savollar bo‘lsa, berishing mumkin”, — dedi Nurmagomedov “Ura.ru”ga bergan intervyusida.

Avvalroq, UFC jangchisi Kevin Li Nurmagomedovning kamtar bo‘l, degan chaqirig‘iga javob qaytargan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!