Iroq prezidenti Barham Solih Buyuk Britaniya fuqaroligidan bosh tortdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlash joizki, bunday qarorga u mamlakat konstitutsiyasi talablari sababli keldi. Unga ko‘ra, yuqori davlat arboblari faqat Iroq fuqaroligiga ega bo‘lishi mumkin.
Iroq rahbari Buyuk Britaniyaga fuqarolik uchun minnatdorlik va ehtirom izhor qildi.
Barham Solih 2018-yilning 2-oktabr kuni Iroq prezidenti etib saylangan.
Avval u Iroq bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek Iroq Qurdistoni hukumatining rahbari bo‘lgan.
1979-yilda Solih ikki marta qurdlar milliy harakatiga aloqadorligi uchun hibsga olingin. Ozod bo‘lgach esa Buyuk Britaniyaga ketgan.
Izoh (0)