Yevroittifoq Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
U ushbu qarorni Minsk kelishuvlarining “nol darajadagi rivojlanishi” bilan tushuntirdi.
Gap amal qilish muddati 2019-yilning yanvarida tugaydigan Rossiya iqtisodiyotining alohida sektorlari haqida ketmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, cheklov choralari odatda yarim yilga cho‘ziladi.
Iqtisodiy sanksiyalardan tashqari Yevroittifoq 2014-yilda Qrimga qarshi cheklovlar (2019-yilning iyunigacha), shuningdek bir qator Rossiya kompaniyalari va fuqarolariga qarshi alohida sanksiyalar ham joriy qilgan (2019-yilning martigacha).
Izoh (0)