UEFA tashkiloti Yevropa Ligasining 6-turidan o‘rin olgan “MOL-Vidi”—“Chelsi” uchrashuvidagi holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda “Sport Ekspress” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “MOL-Vidi” va “Chelsi” (2:2) o‘rtasidagi o‘yinda London klubi muxlislari irqchilikka oid haqoratli so‘zlarni ishlatgan. Endi klub buning uchun jazoga tortilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, London klubi guruhni 16 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi va pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)