Fransiya politsiyasi Strasburgdagi rojdestvo yarmarkasidagi otishmada gumon qilingan Sharif Shekatni o‘ldirdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Jinoyatchini politsiya ikki kun davomida qidirgan. Le Figaro’ning yozishicha, u Strasburgdagi omborxonalardan biridan topilgan. Erkak uni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan politsiyachilarga qarata o‘q uzgan, ular javoban o‘q uzib uni o‘ldirgan.
Izoh (0)