13-dekabrga o‘tar kechasi Fransiyaning Avinonida yuk mashinasi 23 yoshli “sariq jiletlar” ishtirokchisini urib yubordi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
26 yoshli Polsha fuqarosi bo‘lgan yuk mashina haydovchisi hibsga olingan.
Bu noyabr o‘rtalarida boshlangan aksiya oqibatida halok bo‘lgan oltinchi inson. Avvalroq to‘rt kishi yo‘l hodisasi oqibatida, Marselda 80 yoshli ayol ko‘ziga granata tekkani oqibatida halok bo‘lgandi.
Izoh (0)