Bugun, 11-dekabr kuni ertalab soat 07:23 da 101 qisqa raqamiga “4-avtobus saroyi” MChJga tegishli bo‘lgan, “Erkin — Oloy bozori” yo‘nalishida qatnovchi 57-sonli Mercedes-Benz Low Floor rusumli avtobusning yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining shaxsiy tarkibining tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 07:29 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmagan.
Yong‘inning dastlabki sababi sifatida avtobusning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)