2018-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha “O‘zavtosanoat”ning yig‘ilgan, biroq taqsimlangan daromadi 187,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Spot kompaniya moliyaviy hisobotiga asoslanib xabar berdi.
Ushbu davr davomida “O‘zavtosanoat” 12,4 mlrd so‘m miqdorida soliqlar va majburiy to‘lovlarni amalga oshirgan.
“O‘zavtosanoat”ning soliqlarni to‘lashdan avvalgi daromadi 54,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Daromad solig‘i 1,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.
Yilning birinchi yarmida kompaniya sof foydasi 52,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Ushbu davrda amalga oshirilgan yirik bitimlar orasida Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive ustav fondiga o‘tkazilgan 102 mln so‘m (taxminan 10 mln dollar), General Motors Uzbekistan - 600,5 mlrd so‘m va “Olmazor kichik sanoat” zonasiga (555 mln so‘m) o‘tkazilgan mablag‘larni ta’kidlab o‘tish mumkin.
Izoh (0)