Sobiq prezident Serj Sargsyan rahbarligidagi muholifat Respublika partiyasi mamlakat yangi parlamentiga saylanmadi. Bu haqda Markaziy sayvlov komissiyasi ma’lumot, deb xabar beradi “Interfaks”.
Saylovlarda Respublikachilar partiyasi 4,70% ovoz to‘plagan. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan rahbarligi ostidagi “Mening qadamim” saylovoldi bloki ovozlar to‘plash bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Partiya saylovlarda 70,43% saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Saylov natijalariga ko‘ra, yangi tuziladigan parlamentga “Yashnayotgan Armaniston” (tadbirkor Gagik Sarukyan rahbarlik qiladi) - 8,27% ovoz bilan hamda “Yorqin Armaniston” partiyasi (parlament deputati Edmon Marukyan tomonidan boshqariladi) - 6,37% ovoz bilan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)