Toshkent viloyatida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda “O‘zbekenergo” matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Angren shahri hududidagi hisob nuqtalariga jami 53 036 ta elektr hisoblagichlar hamda hisob nuqtlaridan ma’lumotlarni yig‘ish uchun nimstansiya va transformator punktlariga 420 ta konsentratorlar o‘rnatilishi ta’minlanadi.
Shu kungacha shaharga “Toshelektroapparat” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 15 600 dona zamonaviy elektr hisoblagichlar yetkazib berildi.
Ma’lumot uchun, Angren shaharda 50 000 ga yaqin aholi iste’molchilari mavjud bo‘lib, shu kungacha 10 000 ga yaqin xonadonga o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
“Ayni paytda elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda”, — deyiladi “O‘zbekenergo” axborotida.
Izoh (0)