8-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 16-turida “Liverpul” jamoasi safarda “Bornmut” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda “Liverpul” darvozasini braziliyalik Alisson qo‘riqladi. Alisson joriy mavsum APLning 16 ta o‘yinida ham ishtirok etdi va o‘zining mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasini jamoasi kabi 16 taga yetkazdi.
Natijada Alisson 2007-yilda Xavyer Maskerano tomonidan o‘rnatilgan 15 ta o‘yinlik (mag‘lubiyatsiz o‘yinlar bo‘yicha) rekordni yangiladi.
Qayd etish joiz, Allison joriy mavsum APLning 16 ta o‘yinida atigi 6 ta gol o‘tkazdi, xolos.