Ohangaron tumanlararo sudining 2018-yil 9-noyabrdagi Sud buyrug‘iga asosan Ohangaron shahar Sanoat hududida joylashgan “Ohangaronshifer” aksiyadorlik jamiyatidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 890 752 386 so‘mlik soliq qarzi undirish bo‘yicha ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
MIB Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan “Ohangaronshifer” AJning “Milliy bank” Angren filialidagi hisob raqamiga 12-noyabrda inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 30-noyabr holatiga “Ohangaronshifer” AJdan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 890 752 386 so‘m soliq qarzi undirilishi ta’minlandi.
Izoh (0)