O‘qituvchilar eng ko‘p maosh oladigan 17 mamlakat (foto)
O‘qituvchilik kasbi har bir davlatda eng muhim kasblardan hisoblanadi, chunki mamlakat farovonligi bevosita bog‘liq bo‘lgan xalqning savodli bo‘lishi uchun poydevorni aynan o‘qituvchilar qo‘yadi. Ayrim mamlakatlarda o‘qituvchilarning davlat rivoji uchun qo‘shayotgan hissasi yuksak qadrlanadi va ularga yaxshi maosh to‘lanadi, deb yozadi Uz24.
Quyida o‘qituvchilar yiliga eng ko‘p maosh oladigan mamlakatlar bilan tanishishingiz mumkin:
Fransiya —31,421.49 dollar
Fransiyada école maternelle deb ataluvchi maktabgacha ta’limdan keyin majburiy ta’lim tizimi uchta: école, collège va lycée bosqichlariga bo‘lingan.
Foto: Uz24
Portugaliya — 32,563.75 dollar
Portugaliyada maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan davrda ta’lim olish uchun davlat yoki xususiy ta’lim muassasasidan birini tanlash mumkin.
Foto: Uz24
Kosta-Rika — 33,519.29 dollar
Kosta-Rikada o‘quvchilar oilalari orasidagi iqtisodiy tafovut ajralib turmasligi uchun barcha maktab o‘quvchilari bir xil libosda yurishi shart.
Foto: Uz24
Shvetsiya — 36,766.81 dollar
Shvetsiyada majburiy maktab ta’limi to‘rt: maktabgacha, kichik, o‘rta va katta ta’lim bosqichlariga bo‘linadi.
Foto: Uz24
Avstriya —37,122.44 dollar
Avstriyada 9 yillik majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etilgan.
Foto: Uz24
Finlyandiya — 37,728.28 dollar
Finlyandiyada bolalar 7 yoshga to‘lganidan keyin maktabga qabul qilinadi.
Foto: Uz24
Kanada — 39,071.90 dollar
Bu yerda bolalar 16 yoshgacha maktabga kelishga majbur bo‘lib, Manitoba, Ontario va Nyu-Bransuikda ta’lim olish 18 yoshgacha majburiy hisoblanadi.
Foto: Uz24
Niderlandiya — 39,098.02 dollar
Niderlandiyada asosiy ta’lim tili golland tili bo‘lsa-da, aksariyat maktab va universitetlar ingliz tilida ta’lim berishga o‘tmoqda.
Foto: Uz24
Avstraliya — 40,762.47 dollar
Avstraliyada uch turdagi maktablar mavjud: davlat maktablari, katolik maktablari va mustaqil yoki xususiy maktablar.
Foto: Uz24
Ispaniya — 41,886.99 dollar
2008-yilgi moliyaviy inqiroz sababli hozirda Ispaniya Yevropada ishsizlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori o‘rinda turadi.
Foto: Uz24
Meksika — 42,816.51 dollar
Meksikada aksariyat bolalar boshlang‘ich maktabga boradi, ammo 2011-yilda atigi 62 foiz bola o‘rta maktabga kirgan.
Foto: Uz24
AQSh — 43,556.76 dollar
2011-yilda AQShda 3 yoshli bolalarning yarmi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnagan bo‘lsa, Yevropada bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil etgan.
Foto: Uz24
Daniya — 46,784.11 dollar
Daniyada ta’lim olish bepul bo‘lib, bu yerda 9 yillik majburiy ta’lim joriy etilgan.
Foto: Uz24
Norvegiya — 47,313.23 dollar
Norvegiyada muhojirlarning farzandlari uchun ta’lim ikki tilda olib boriladigan maktablar faoliyat ko‘rsatadi.
Germaniya — 61,418.47 dollar
Nemis oilalaridagi bolalarning aksariyati davlat maktablarida o‘qiydi.
Foto: Uz24
Shveysariya — 69,704.74 dollar
Shveysariyada 26 ta kanton majburiy ta’lim tizimi uchun mas’ul hisoblanadi.
Foto: Uz24
Lyuksemburg — 79,129.67 dollar
Lyuksemburgda ta’lim uchta tilda: lyuksemburg, nemis va fransuz tillarida olib boriladi.
Foto: Uz24
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab umumta’lim maktablari boshlang‘ich va yuqori sinf o‘qituvchilariga toifasiga qarab 1 614 581 so‘mdan – 2 225 864 so‘mgacha to‘lanadi.
Izoh (0)