3-dekabr kuni MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi)ning Koreya yarimoroli bo‘yicha rahbari Endryu Kim KXDRga tashrif buyurdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Endryu Kim Pxanmunjon chegara punktida KXDRning Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Chxve Son Xi bilan uchrashgan. Tomonlar ikki mamlakat rahbarlarining keyingi yilga rejalashtirilgan uchrashuvning joyi va vaqti haqida maslahatlashgan.
Bundan avval, Donald Tramp jurnalistlarga KXDR rahbari bilan navbatdagi uchrashuv keyingi yilning yanvar yoki fevral oylarida bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Endryu Kim AQSh va KXDR munosabatlarining “iliq”lashishiga katta hissa qo‘shgan rahbarlardan hisoblanadi.
Izoh (0)