“Chelsi”ning 27 yoshli belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar Madridning “Real” klubi bilan kelishuvga erishdi, deb xabar beradi AS.

Foto: The Sun

Azar “Qirollik klubi” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Transfer kelayotgan yozda amalga oshishi kutilmoqda. Buning uchun “Real” “Chelsi” bilan transfer summasini kelishib olsa bo‘lgani.

“Aristokratlar” Azar uchuun 170 million yevro olishni ko‘zlab turibdi. “Real” mazkur transferga hozirda “Chelsi”da ijarada to‘p tepayotgan Mateo Kovachichni ham qo‘shishni rejalashtirmoqda.