O‘zbekiston iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi noyabr oyida o‘rtacha 2,3 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 11 oyidagi umumiy inflyatsiya esa 12 foizni tashkil etdi.
Noyabr oyida xizmatlar narxi 3,3 foizga ko‘tarildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari esa 1,2 foizga oshdi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilning noyabr oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 2 foizni tashkil etgandi.
Izoh (0)