Rossiyalik biofiziklarning aniqlashicha, davriy yorug‘lik chaqinlari birdaniga miyaning turli qismlarida noodatiy faollik shakllarini yuzaga keltiradi. Bu signallar nerv tizimining ishida asosiy rolni o‘ynashi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Dengiz cho‘chqasi miyasining to‘rtta hududida yorug‘lik chaqiniga nisbatan elektr faollik o‘rganilgan. Aniqlanishicha, miyaning ko‘rish tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan tuzilmalarida yorug‘lik kuchi o‘zgarishiga nisbatan noodatiy xarakterdagi ifodalar yuzaga kelgan.
Odam va boshqa barcha ko‘p hujayrali hayvonlar miyasi sezgi organlari orqali ma’lumotni atrof-muhitdan oladi, uni qayta ishlaydi va undan o‘z ishida foydalanadi.
Izoh (0)