O‘zbekistonda “Mis quyosh” harbiy dramasini tasvirga olish jarayonida rossiyalik aktyor Vladimir Mashkov o‘zbek tilini o‘rganib oldi, deb yozadi “Kaktakto.com”.
Suratga olish ishlari Xiva va Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Mashkov O‘zbekiston tarixi va urf-odatlarini o‘rganib, shaharlar ko‘chalarini kezib yurganida, uni tanigan kishilar aktyor bilan suhbatlashish maqsadida uning yoniga kela boshlagan.
Mahalliy aholi bilan muloqot qilish osonroq bo‘lishi uchun esa Mashkov o‘zbek tilidagi ko‘plab so‘zlar va iboralarni o‘rganib olib, ular bilan o‘zbek tilida suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “NTV” telekanalida 26-noyabr kuni ko‘p seriyali “Mis quyosh” (“Mednoye solnse”) harbiy dramasi premyera qilindi.
Izoh (0)