Moskva fuqarosi avtobus oynalarini pnevmatik quroldan o‘qqa tutdi, deb yozadi “RIA Novosti” IIV boshqarmasiga tayanib.
Politsiyaga reys avtobusi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan 54 yoshli erkak murojaat qilgan. Uning aytishicha, jamoatchilik transporti bekatiga kelib to‘xtagan vaqtida, uning yoniga bir yo‘lovchi kelib, noma’lum kishi ko‘chada turib, avtobusning yon oynalariga o‘q otganini aytgan.
Politsiyachilar bir yosh yigit bezorilik niyatida to‘pponchadan avtobus oynalariga qarata o‘q uzganini aniqladi. U qo‘lga olindi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)