“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining dvigatelga tushgan qush tufayli parvozga chiqa olmagan Istanbul—Toshkent reysi samolyotidagi nosozlik bartaraf etildi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bort allaqachon yo‘lovchilar bilan Istanbuldan Toshkentga uchib chiqqan. Toshkentga mahalliy vaqt bilan 9:20 da yetib kelishi kutilmoqda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzr so‘rab qolishini ma’lum qildi.
Izoh (0)