Afg‘onistonning Hilmand viloyatida toliblarga berilgan aviazarba oqibatida kamida 16 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Pajvak” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aviazarba toliblarga 27-noyabr, seshanba kuni kechqurun berilgan. 16 nafar tolib yo‘q qilingan. 16 nafar tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan.
Agentlikning boshqa manbalari esa 30 yaqin fuqaro qurbon bo‘lganini ma’lum qilgan.
“‘Tolibon’ harakati vakillari ularga havodan hujum uyushtirilgan vaqtda uy yaqiniga yashiringan”, — dedi viloyat gubernatori. U aviazarba chog‘ida tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Izoh (0)