Google korporatsiyasi Mauntin-Vyu shahridagi (Kaliforniya shtati) shtab-kvartirasi yaqinidan 1 milliard dollarga ofis binolari kompleksini xarid qildi. Bu haqda San Francisco Chronicle gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr bu joriy yilda San-Fransisko va shu atrofdagi shaharlarda ko‘chmas mulk sohasidagi eng yirik shartnoma ekanligini ta’kidlamoqda.
Gap 12 ta ofis binosi haqida bormoqda, binolar maydoni 74 ming kvadrat metrga yaqin. Bu ofislarga 5 mingga yaqin xodimni joylashtirish mumkin. Kompleks bunga qadar LinkedIn ijtimoiy tarmog‘iga tegishli bo‘lgan.
CNBC telekanalining ta’kidlashicha, Google kompaniyasi avval binoning bir qismini ijaraga olgan.
Izoh (0)