Eronda zilziladan jabrlanganlar soni ortmoqda, allaqachon 800 ga yaqin odam jarohat olgan. Tabiiy ofat mamlakat g‘arbidagi uchta shaharga ta’sir ko‘rsatgan, deb yozadi “Vesti”.
6,3 magnitudali yer silkinishi 25-noyabr, yakshanba kuni kuzatilgan. Aftershoklar 26-noyabr, dushanba kuni ham davom etgan.
Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni buyurdi. Boshpanasini yo‘qotganlar uchun vaqtinchalik yashash joylari barpo etiladi.
Hozircha aholining aksariyat qismi havoning sovuqligiga qaramasdan, zilzila takrorlanishidan qo‘rqib, ko‘chada tunamoqda. Ba’zi hududlarda zilzila ko‘chkilarni keltirib chiqargan.
Izoh (0)