• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh ko‘targani uchun “boshi kesilgan” tadbirkorlar yoxud “Sergeli yarmarkasi” yopilishi natijasida ishsiz qolgan 1,5 ming kishi

    O‘zA Toshkentning Sergeli tumanidagi “Sergeli yarmarkasi” bozori yopilib ketishi natijasida 1,5 mingdan ortiq kishi ishsiz qolgani, bu vaziyatdan nafaqat tadbirkorlar, balki xalq ham aziyat chekayotgani haqida tanqidiy maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bu bozordan har kuni davlatga qariyb 15 milliard so‘m topshirilardi, bugun esa hech vaqo...

    1,5 ming nafardan ortiq odam mehnat qilib, oilasini boqardi, bugun esa ular ish izlash bilan ovora...

    Eng yomoni, bundan nafaqat tadbirkorlar, balki xalqning ham aziyat chekayotganidir...

    Balki bu safar Toshkent shahar hokimi bu masalani o‘z nazoratiga olar, tag‘in kim bilsin...

    Poytaxtimizning Sergeli tumanida faoliyat yuritgan, xalq orasida “Sergeli yarmarkasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan bozor minglab odamlarning koriga yaragan. Bozorning joylashuv nuqtasi har tomonlama qulay, ya’ni tumandagi “Quruvchilar”, “Do‘stlik” va boshqa o‘nlab mavzelarning qoq o‘rtasida bo‘lgani uchun ham xalqning qadami bu yerdan uzilmasdi.

    Ko‘p tarmoqli bozor markazida dehqon bozori, atrofida oziq-ovqat va yuzdan ziyod turli xildagi buyumlar do‘konlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat yuritgan. Do‘konlarning o‘zi yuzdan ziyod bo‘lib, bozorda 1,5 ming odam mehnat qilgan. Mazkur bozordan har kuni qariyb 15 milliard so‘m g‘aznaga topshirilgan.

    Bu “Sergeli yarmarkasi” ishlab turgan paytdagi holat. Nima bo‘ldi-yu, bozorni buzish, uni boshqa yerga ko‘chirish haqida gap chiqib qoldi. Bu oddiy “mish-mish” emas, haqiqat ekaniga bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ham, ularning xizmatidan foydalanib kelayotgan aholi ham buzish ishlari boshlangan onlarda amin bo‘lishdi.

    Qoida bo‘yicha, buzilayotgan inshoot o‘rniga boshqasi berilishi, mulkka putur yetkazilgani uchun kompensatsiya to‘lanishi kerak. Bu yerda esa hammasi aksincha bo‘ldi. Tadbirkorlardan biri Gulchehra G‘afurjonovaning kiyim-kechak sotiladigan do‘koni hali ishlab turgan, ichi tovarlarga to‘la bo‘lgan holatda buldozer nishoniga aylandi.

    Bu holatni tasavvur qilib, odamning ishongisi kelmaydi. Qarama-qarshiliklar avj olgan, urush ketayotgan o‘lkalarni eslatib yuboradi bu. Chunki bunday qaltis vaziyatda uvolchilik bilan hech kimning ishi bo‘lmaydi. Ammo tinch zamonda, yana nonning ushog‘i ham uvol sanaladigan yurtimizda birovning mehnatini bu tarzda oyoqosti qilinishi hech bir me’yorga to‘g‘ri kelmaydi.

    Bu daqiqalarda do‘koni buzilib, tirikchiligi barbod etilishidan norozi bo‘lgan bir guruh tadbirkorlar bilan G.G‘afurjonova Prezident Xalq qabulxonasiga shikoyat ko‘tarib borgan edi.

    Do‘koniga qaytib kelib, yer bilan yakson qilingan tovarlarini ko‘rib, Gulchehra opaning fig‘oni falakka chiqdi. Uning “Nega? Nega? Nega?”, degan savollariga “Bosh ko‘targaning uchun”, degan javob berildi.

    Yarmarkada oziq-ovqat do‘konini yuritgan tadbirkor Rashid Xamidullinning aytishicha, 2018-yil 15-martda bozorda buzish ishlari boshlangach, 103 do‘konning barchasi faoliyatini to‘xtatgan. Lekin hech bir tadbirkorga haligacha na boshqa joy yoki yer uchastkasi, na yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lanmagan.

    Tadbirkorlarning o‘tgan sakkiz oydan beri bormagan eshigi, shikoyat qilmagan idorasi qolmadi. Natija bo‘lmagach, tadbirkorlar – G.Rasulova va boshqalar Toshkent shahar Sergeli tumani ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Sud tadbirkorlarning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar asosli bo‘lgani uchun uni qanoatlantirgan.

    Sud qarorida Sergeli tumani hokimligi mansabdor shaxslarining mazkur bozorda faoliyat yuritgan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zarar turini va miqdorini qoplash bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli komissiya xulosasini olmasdan va bu xulosa bilan qiziquvchi taraflar tanishtirmaganlikda ifodalangan harakatlari qonunga xilof, deb topilgan.

    2018-yil 14-sentabrda sergelilik tadbirkorlar Prezidentning Toshkent shahar Xalq qabulxonasida bo‘lishgan. Ularni Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari va boshqalar qabul qilgan. Qabuldan so‘ng yarmarkani qayta qurish bo‘yicha loyiha tayyorlash bo‘yicha tegishli komissiya qarori qabul qilingan. Tadbirkorlarga yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha qurilish boshqarmasi va Sergeli tumani hokimligiga topshiriq berilgan.

    Bu voqeadan tadbirkorlarning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib, muammo yechimini topdi, degan xayolga borishgandi, ammo bu hamon xayolligicha qolib ketmoqda.

    Umidsizlik, ishsizlikdan tolgan tadbirkorlar hadeb tuman hokimligiga boravergach, yaqinda tuman hokimi shunday degan: “Yarmarkadan charchab ketdik. Bu yer bizga ham sizga ham bo‘lmaydi. Yaxshisi, yer davlat organlariga bino qurish uchun berib yuboriladi”.

    Nahotki, mutasaddilar muammoning yechimini topish o‘rniga, undan qutilishga urinayotgan bo‘lsa?

    Aslida, avval aniq maqsadni belgilab olib, ya’ni bozor buzilsa, o‘rniga nima quriladi yoki bozorni boshqa yerga ko‘chirish chorasi ko‘rilmasdan buzib tashlangani ajablanarli. Yoki bu poytaxtimizga xos bo‘lgan ish uslubimikin? Chunki birgina “Sergeli yarmarkasi” emas, balki “Aviasozlar” dehqon bozorida ham shunday holatni kuzatish mumkin. Mazkur bozorda ham yangi majmua quriladi, deb atrofi o‘rab, ichi buzib tashlangan katta maydon bir necha yillardan beri huvillab yotibdi.

    Eng yomoni, bundan nafaqat tadbirkorlar, balki xalqning ham aziyat chekayotganidir. Bu holatga tomoshabin bo‘layotgan mas’ul shaxslarni kim deb atash mumkin? Ular bugungi kun, zamon talabiga javob berolmayotgan rahbarlar emasmi?

    Yuqorida qalamga olingan holatlarning aslida sirligi qolmagan. Boshqa ommaviy axborot vositalarida qayta-qayta bong urilgan, lekin haligacha hech qanday natija yo‘q.

    Balki bu safar Toshkent shahar hokimi bu masalani o‘z nazoratiga olar. Agentligimizga shikoyat yo‘llagan sergelilik tadbirkorlar esa muammolaridan Prezidentimiz xabar topishidan umidvor. Ular tadbirkorlarni doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Davlatimiz rahbari bizning holimizni bilsalar, oyoqosti qilinishimizga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi, deb hisoblamoqda.

    27.11.2018, 20:41   Izoh (0)   84781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekinvest” kompaniyasi oktabr oyida 4 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi

    27.11.2018, 20:28

    Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistonning adliya sohasidagi islohotlar bilan tanishdi

    27.11.2018, 20:15

    “Sirdaryo asali” ko‘rgazmasida 3 tonnaga yaqin 10 turdagi asal va asal mahsulotlari namoyish etildi

    27.11.2018, 20:01

    Farg‘ona tumanidagi kasb-hunar kolleji bitiruvchilari yirik korxonalarga “biznes-sayohat”ga chiqdi

    27.11.2018, 19:48

    “Qoraqalpog‘iston” posyolkasi 43 mlrd so‘mlik qurilish-rekonstruksiya ishlaridan keyin zamonaviy shaharchaga aylandi

    27.11.2018, 19:34

    “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Istanbul—Toshkent reysi dvigatelga kirib qolgan qush tufayli kechiktirildi

    27.11.2018, 19:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.