AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan mojarodan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga chaqirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rahbari bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Har ikkala tomon bosiqlik ko‘rsatishi va xalqaro majburiyatlariga rioya etishi lozim. Prezidentlar Poroshenko va Putinni ushbu vaziyatni tartibga solishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etishga chaqiramiz. Shu munosabat bilan Normand to‘rtligi formatini qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir marta tasdiqlaymiz”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Pompeo Rossiyani ukrainalik dengizchilar va Ukraina kemalarini ozod etishga chaqirdi.
Izoh (0)