Buxoro viloyatida mast holatdagi erkak o‘z nabirasini urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
“Joriy yilning 23-noyabr kuni soat 22.30 larda Buxoro viloyatida yashovchi U.T. mast holda, birga yashagan 5 yoshli qiz bola nabirasini suv o‘ynab, ustini ho‘l qilganligi sababli uning tanasining turli joylariga qo‘li bilan urgan vaqtida qizaloq boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan”, — deyiladi xabarda.
Natijada 5 yoshli qizaloq kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. U.T. qo‘l olingan.
Izoh (0)