25-noyabr, yakshanba kuni Rio—2016 Olimpiadasi kumush medali sohibi, o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov o‘zining professional boksdagi oltinchi jangini o‘tkazdi.
Unga mazkur jangda meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi. Shahram Zamudioni birinchi raunddayoq nokautga uchratib g‘alabaga ega chiqdi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschining prof ringdagi g‘alabalari soni 6 taga yetdi. Shahram mazkur janglarning 5 tasida nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Migel Zamudio esa prof ringdagi 54 jangini o‘tkazdi. Undagi g‘alabalari soni 41 ta, mag‘lubiyatlari esa 12 tani tashkil etdi.
Izoh (0)