25-noyabr, yakshanba kuni AQShning Atlantik Siti shahrida professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori Murodjon Ahmadaliyev o‘zining beshinchi jangini o‘tkazdi.

Foto: Instagram

Unga jangda amerikalik Isak Zarate raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 9-raundda Murodjonning g‘alabasi bilan yakunladi. Shu tariqa u WBA Intercontinental kamarini himoya qildi.

  • Murodjon Ahmadaliyev (prof boksda 5 ta jang, 4 ta g‘alaba, 4 tasi nokaut bilan)
  • Isak Zarate (23 ta jang, 16 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 3 ta durang)

Avvalroq, o‘zbekistonlik ikki bokschi Isroil Madrimov va Shahram G‘iyosov ham raqiblarini nokautga uchratib g‘alaba qozongandi.