AQShning Tuson shahrida yashovchi qiz Debbi Gerlak vafot etgan yigitiga “turmushga chiqdi”. Yigit nikoh marosimidan bir necha oy oldin avtohalokatga uchrab, vafot etgan. Big Picture nikoh kuni aks etgan suratlarni taqdim etdi.
2018-yilning 11-noyabr kuni Debbi Gerlak va Rendi Simmerman nikohdan o‘tishi kerak edi. Biroq yigit 2018-yilning 1-fevralida o‘z motosiklida halokatga uchragan va vafot etgan.
Yaqinda Debbi Facebook’da nikoh bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan kunda nikoh ko‘ylagida tushgan suratlarni e’lon qildi.
Grafik muharrir yordamida fotograf Debbining suratlariga kuyovning tasvirini qo‘shgan. Suratlarda Rendi arvoh kabi ko‘ringan. Ba’zi foydalanuvchilar Rendini o‘z rafiqasiga har doim g‘amxo‘rlik qiladigan “qo‘riqchi farishta” deb atagan.
Izoh (0)