Yaponiyaning Rishyo universitetida “Buyuk ipak yo‘li — tarix, arxeologiya va san’at” mavzuiga bag‘ishlangan O‘zbekiston – Yaponiya xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqdab O‘zA xabar berdi.
Rishyo universiteti loyihasi asosida O‘zbekiston va Yaponiya akademik almashuvi doirasida tashkil etilgan nufuzli tadbirda Termiz davlat universiteti rektori, senator Abduqodir Toshqulov ham ishtirok etib, “Termiz davlat universiteti va Yaponiyaning Rishyo universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari: turizmning rivojlanishi” mavzuida ma’ruza qildi.
Yaponiya matbuotida Termiz davlat universiteti va Surxondaryo viloyatining boy tarixi, o‘tmishi va buguni haqida ko‘plab maqolalar chop etildi. Kelgusi yil bahor faslida Rishyo universititeti bilan hamkorlikda yirik konferensiya tashkil etishga, ta’lim Termiz davlat universitetida mazkur universitet bilan hamkorlikda arxeologiya fakultetini tashkil etishga kelishib oldindi. Termiz davlat universitetining iqtidorli besh talabasi kelgusida Rishyo universitetida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga bo‘ladi.
Izoh (0)