Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Unda oktabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va sim bilan ulanuvchi internet tezligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston avvalgi pog‘onada qolgan — 124 o‘rindan 110-o‘rin (9,73 Mbit/s).
Sim bilan ulanuvchi internet tezligi bo‘yicha mamlakat ikki o‘rin yuqoriga ko‘tarildi va endi 130 o‘rindan 112-pog‘onani egallab turibdi (9,28 Mbit/s).
Norvegiya (67,17 Mbit/s) mobil internet tezligi bo‘yicha reyting yetakchisi bo‘lsa, Singapur (181,47 Mbit/s) — sim bilan ulanuvchi internetda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” shu yilning 1-dekabridan amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)