Stay One Degree xizmati mutaxassislari o‘ziga to‘q sayyohlar tomonidan bildirilgan eng nostandart talablarni ma’lum qildi. Mutaxassislar 10 ta banddan iborat ro‘yxat tuzgan bo‘lib, undan yotoqxona bilan bog‘langan dahshatlar xonasi, akulalari bo‘lgan suv rezervuari o‘rin olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Shuningdek, oilaviy dam olish uchun shaxsiy portretchi hamda uyda 30 yillik Bordo vinosi va 50 yillik viski saqlanadigan yerto‘la bo‘lishi ham talab qilingan.
Hamma joyda o‘q o‘tkazmaydigan oyna bo‘lishini, shuningdek yo‘lbars va boshqa tropik hayvonlari bo‘lgan hayvonot bog‘ini istagan sayyohlar ham bo‘lgan.
So‘rovlar orasida shaxsiy yugurish yo‘lagi va barcha qulayliklari, xususan, elektr toki, suv ta’minoti va kinoteatr bo‘lgan hamda daraxtda joylashgan bolalar uyi qayd etilgan.
Izoh (0)