Olimlar so‘nggi vaqtlarda qadimiy odamlarning qoldiqlaridan ularning tashqi ko‘rinishini tiklashga urinmoqda. Bunga ilmiy va texnik taraqqiyot mahsulotlari yordam bermoqda. Britaniyalik va gollandiyalik olimlar Angliyadagi Cheddar g‘orida topilgan odam bosh suyagini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozmoqda TravelAsk.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, erkakning yoshi taxminan 10 ming yilga teng, vafot etgan vaqtida esa u 20 yoshda bo‘lgan. Cheddar odamining bo‘yi 165 santimetrga teng bo‘lgan. Tadqiqotchilar qayd etishicha, bu faqat bitta odamning portreti bo‘lsa ham, unga asoslanib, o‘sha vaqtdagi yevropaliklarning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvur olish mumkin.
Izoh (0)