Xitoy rahbari Si Szinpin 2019-yilda Janubiy Koreya va KXDRga safar qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Si Szinpin KXDR yetakchisi Kim Chen Indan mamlakatga tashrif buyurish bo‘yicha taklif olgan, shu bois ham kelasi yili Pxenyanga bormoqchi.
O‘z navbatida, Janubiy Koreya prezidenti Xitoy rahbarini Seulga taklif qilgan. Si Szinpin ushbu taklifga javoban, 2019-yilda safar qilish istagi borligini bildirgan.
Izoh (0)