Qozog‘iston tabiiy gazi O‘zbekiston orqali boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur kelishuv Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi mintaqalararo hamkorlik forumida “KazTransGaz” AJ va “O‘ztransgaz” AJ o‘rtasida imzolandi.
Shuningdek, “KTZ Express” AJ va “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat ham imzolandi.
Ushbu forumda ikki tomon imzolagan jami hujjatlar soni 16 tani tashkil etdi.
Izoh (0)