AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo KXDR AQSh fuqarosini ozod qilganini aytdi, biroq uning ismini oshkor etmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Gap katta ehtimol bilan Bryus Bayron Lourens haqida ketmoqda. U oktabr oyida Xitoydan KXDR chegarasiga noqonuniy kirgani uchun qo‘lga olingandi.
“Qo‘shma Shtatlar Amerika fuqarosining ozod etilishi bo‘yicha KXDR va Shvetsiya elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi”, — deyiladi Pompeoning yozma murojaatida.
Vashington va Pxenyan o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emasligi sababli AQShning KXDRdagi manfaatlarini Shvetsiya himoya qiladi.
Izoh (0)