16-noyabr kuni Toshkent tumani Keles shahrida yashovchi N.D. ismli ayol o‘zi ishlayotgan Maximal-Market do‘konida fuqaro B.A. bilan o‘zaro janjallashgan.
Janjal vaqtida do‘konga xarid uchun kirgan Toshkent tumani IIB xodimi leytenant S.M. ularni ajratmoqchi bo‘lganida fuqaro B.A. pichoq bilan xodimga jarohat yetkazgan.
Natijada leytenant S.M.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. B.A. qo‘lga olingan. “Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)