O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan chetlatilgan yana 3 nafar ijodkor qayta a’zolikka tiklandi. Mamadali Mahmudov bilan birgalikda yana turli sabablarga ko‘ra uyushmadan chetlatilgan uch nafar ijodkor uyushma a’zoligiga olindi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Do‘rmon” ijod uyi va poliklinikasi tubdan rekonstruksiya qilindi. Uyushma qoshida “Ijod” jamoat fondi tuzildi. Toshkent shahrida Adiblar xiyoboni barpo etildi, Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino qurilib, hududlarda ulug‘ adiblar nomlari bilan atalgan ijod maktablari, madaniyat va istirohat bog‘lari bunyod qilinmoqda. Yosh shoir va yozuvchilarning birinchi kitoblari davlat hisobidan ko‘p ming nusxalarda nashr etilib, ta’lim maskanlari va kutubxonalarga yetkazib berilmoqda. Prezident sovrini uchun “Yosh kitobxon” respublika tanlovini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Turli sabablarga ko‘ra uyushmadan chetlatilgan atoqli ijodkorlarning Uyushma a’zoligiga qaytarilayotgani amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.
Yana turli sabablarga ko‘ra uyushmadan chetlatilgan uch nafar ijodkor — Norto‘xta Qilich, Ergash Muhammad, Dilshoda Saidolimova ham qayta a’zolikka olindi.
Izoh (0)