Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshloq va Qo‘shtepa tumanidagi ayrim xonadonlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Toshloq tumanida yashovchi fuqarolar M.N. va R.Z. o‘z xonadonida qonunga zid ravishda neft mahsulotlarini qayta ishlash sexi tashkil etganligi aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqramasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Mazkur fuqarolar neftni qayta ishlovchi qo‘lbola uskunalarni o‘rnatgan holda hech qanday hujjatsiz turli xil neft mahsulotlari ishlab chiqarib, katta daromad olib kelgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda daliliy ashyo sifatida ularning 13 million so‘mdan ortiq qiymatdagi xom-ashyosi vaqtinchalik olindi.
Qo‘shtepa tumanida ham xuddi shunday holat fuqaro N.E. faoliyatida ham kuzatilib, 900 ming so‘mlik neft mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.
Shuningdek, ushbu fuqarolarga kelajakda qonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun tavsiyalar berildi.
Izoh (0)