Saudiya Arabistoni rahbarligidagi arab koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Yaman armiyasi yaradorlarni va gumanitar tashkilotlar xodimlarini evakuatsiya qilish uchun Hudayda port shahri uchun janglarni vaqtincha to‘xtatdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Al-Arabiya” telekanali o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, Yaman prezidenti Abd Rabbu Mansur Hodiyga sodiq kuchlar tomonidan o‘t ochishning vaqtinchalik to‘xtatilishidan ko‘zlangan maqsadlardan biri Hudaydadan tinch aholi vakillari chiqib ketishi uchun xavfsizlik yo‘laklarini yaratish bo‘ldi.
Telekanal manbasi ta’kidlashicha, “harbiy harakatlar davom ettiriladi hamda Hudayda va Yamanning butun g‘arbiy qirg‘oqlari to‘liq ozod etilmaguniga qadar to‘xtatilmaydi”.
Avvalroq Yamanning Hudayda port shahrida hukumat qo‘shinlari va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi janglarda 149 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)