Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 48 kishiga yetdi, deb xabar berdi “RBK”.
Avvalroq 42 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi.
Yong‘inlar oqibatida 8,8 mingta inshootlar yo‘q bo‘lgan,ulardan 7,6 mingtasi uylar. Taxminan 52 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Umumiy hisobda 300 ming kishi evakuatsiya qilingan va 5,6 ming kishi yong‘inlar bilan kurashmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniyani tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi va marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Qayd etilishicha, noyabr oyida Kaliforniyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari shtat tarixidagi eng halokatlisi bo‘ldi.
Izoh (0)