11-noyabr kuni Ukrainaning “Oryol i reshka” ko‘rsatuvi YouTube-kanalida dasturning ko‘pchilik tomonidan uzoq kutilgan yangi soni joylandi, deb yozadi Afisha.
Trevel-shouni suratga olish jarayoni Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Bu safar 100 dollar solingan butilka ikkita shaharga bekitildi.
“Oryol i Reshka” ijodkorlari O‘zbekistonga kelib, ko‘rsatuv tasvirga olayotgani haqida oktabr boshida xabar berilgan edi.
Keyinroq esa ko‘rsatuv ijodkorlari Toshkentdagi tasvirga olish ishlari vaqtida ba’zi muammolarga duch kelgani, xususan, ularning Mustaqillik maydoni yonidagi xiyobonda tasvirga olishiga militsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani, shuningdek, Toshkent metropolitenida ham tasvirga olishga ruxsat berilmagani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)