• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Makkani G‘arbga tanitgan yevropalik musulmon

    “Islom.uz” portali tahririyati Makkani G‘arbga tanitgan yevropalik haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Islom.uz”

    Foto: “Islom.uz”

    Alibey al-Abbosiy Arabiston yarim orolligi va sehrli Makkani sevib qolgan ilk yevropalik yoinki ushbu muqaddas shaharga kelgan g‘arb dunyosining ilk vakili ham emas. Ammo u bir jihati bilan boshqa odamlarni ortda qoldirib keta oldi. U tarixda birinchi bo‘lib, Makkani G‘arb dunyosiga to‘liq ta’riflab beroldi. Hammasiga sababchi bilimga bo‘lgan chanqoqlik edi, deb xabar bermoqda Arab News nashri.

    Domingo Fransisko Xorxe Badya-i-Leblix 1767-yilda Barselonada tug‘ildi. U matematika, astronomiya, tibbiyot, tarix va mineralogiyadan ma’lum bir narsalarni o‘zlashtirib, haqiqiy qomusiy ta’limni oldi. Arab tili uning uchun mutlaqo yangi dunyo edi. Shunisi qiziqki, u 1801-yilda Parij va Londonga otlandi, ikki yildan so‘ng Ispaniyaga musulmon kiyimida qaytib keldi. Bu vaqtda u ispan qirolining xizmatida edi.  Uning buyrug‘iga ko‘ra, Marokashda to‘ntarish uyushtirilib, sultonni hokimiyatdan ag‘darib tashlashi kerak edi.  Ammo sulton va marokashliklar uni shunchalik izzat-ikrom va mehmondo‘stlik bilan kutib olishdiki,  natijada Badya-i-Leblix islomni qabul qildi. Marokash sultoni uning do‘stiga aylandi. U, hattoki unga uylanishni maslahat berdi. Bunga javoban al-Abbosiy muqaddas Makkaga bormagunicha uylanmasligini bildirdi.

    1806-yilda hajni ado etmoqchi bo‘lgan ziyoratchilar guruhiga qo‘shilib oldi. Uzoq yo‘lga u 14 ta tuya va ikki otni o‘zi bilan birga oladi. Yo‘lda ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Ularning Suetsdan yo‘l olgan kemalari cho‘kib ketdi. Al-Abbosiy va uning hamrohlari kemada qutqaruv shlyupkasi borligi uchun omon qolishdi. Ular Qizil dengizdagi orollardan birigacha suzib borishdi, u yerdan esa Jiddaga yetib olishdi. Zulqa’da oyining 12-kuni uning isitmasi ko‘tarildi, bu uning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Ertasi kuni uning hamrohlari ehromga kirib, Makka tomon yo‘l olishdi.

    Al-Abbosiy Makka darvozalariga yetganida, yo‘lboshlovchidan to‘xtashni so‘radi va dedi: “Qaranglar. Qaranglar. Egamizning uyi!”. Ka’baning ko‘rinishi uni shunchalik hayratga soldiki, bu haqda keyinchalik u shunday deb yozgan: “Xudoning Uyi bezakli qora choyshab bilan qoplangan va chiroqlarning halqasi bilan o‘ralgan. Kechki payt. Tun g‘oyatda sokin. Bizning yo‘lboshchimiz ilhomlanib gapirar, bu tasvirlar shu qadar ajoyib ediki, men ularni hech qachon yodimdan chiqarmayman”.

    Al-Abbosiy Makkada qoldi va mahalliy a’yonlarning birinikida joylashdi. Kunlardan bir kuni Makka hokimi undan Ka’bani tozalashda yordam berishni iltimos qildi.

    Ispaniyalik musulmon o‘z kundaligida yil davomida Makkaga 830 000 ziyoratchi kelganini qayd etgan.

    “Faqatgina Arofat tog‘ida ziyoratning ahamiyati qanchalik katta ekanligini anglab yetasiz. Bu yerda dunyoning turli burchaklaridan odamlar yig‘iladi, ular turli xalqlarga tegishli va tanalarining rangi ham turlicha. Bu yerga yetib kelgungacha bo‘lgan turli xil xavf-xatarlar, qiyinchiliklarga qaramay, ular Yagona Allohga sig‘inishda davom etishadi. Barcha musulmonlar o‘zlarini bir oilaning vakillari deb bilishadi. Inson va Allohning o‘rtasida hech qanday to‘siq yo‘q. Hamma o‘z Yaratguvchisining oldida tengdir”, – yozadi Al-Abbosiy.

    U Makkani batafsil ta’riflab bergan birinchi yevropalik bo‘ldi. Yevropalik sayohatchilar Makkada avvallari ham bo‘lishgan. Garchi Lodoviko di Vartema yoki Jozef Beyts, Makkani  Badya-i-Leblixgacha ko‘rishgan bo‘lishsa-da, ammo u haqda uzuq-yuluq xabarlar qoldirishgan, xolos. Al-Abbosiy esa nafaqat u haqda batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi, balki astronomik kuzatuvlar tufayli, hatto uning aniq joylashuvini belgilab ham berdi va Masjidul Haromni barcha tafsilotlari bilan xaritaga tushirdi.

    Al-Abbosiy o‘z sayyohatini davom ettirib, ko‘p mamlakatlarda bo‘ldi. U 1818-yilda Suriyaning Aleppo shahrida xastalikdan vafot etdi.

    12.11.2018, 08:28   Izoh (0)   42407
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura: Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    12.11.2018, 08:15

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” dekabrda Qozonga poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi

    11.11.2018, 19:11

    Sirdaryoda namunali uy uchun olingan 400 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

    11.11.2018, 17:44

    Samarqandda 6 yashar qiz 2 oylik ukasi yotgan beshikni yoqib yubordi

    11.11.2018, 17:18

    Toshkentda ko‘p funksiyali “Oqlon” texnologik bog‘i quriladi

    11.11.2018, 16:44

    Buxoroda 100 nafar xotin-qizga uy-joy, 93 nafariga 982 mln so‘mlik mablag‘ ajratildi

    11.11.2018, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.