Ukrainaning “Oryol i reshka” ko‘rsatuvi ijodkorlari Toshkentdagi tasvirga olish ishlari vaqtida ba’zi muammolarga duch kelgan. Ko‘rsatuv ijodkorlari bu haqda Facebook’da ma’lum qildi.
Xususan, ularning Mustaqillik maydoni yonidagi xiyobonda tasvirga olishiga militsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan. Shuningdek, Toshkent metropolitenida ham tasvirga olishga ruxsat berilmagan.
Ma’lumot uchun, 2018-yil 1-iyundan Toshkent metropolitenida foto va video olishga nisbatan taqiq rasman bekor qilingan edi.
Izoh (0)