UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turining eng yaxshi o‘yinchisini aniqladi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Unga ko‘ra, 4 nafar futbolchi hafta o‘yinchisi nomiga da‘vogarlik qildi. Ular quyidagilar:
- Harri Keyn (“Tottenhem”) — “PSV Eyndxoven” qarshi bahsda 2 ta gol urdi.
- Milan Pavkov (“Srvena Zvezda”) — “Liverpul” darvozasiga 2 ta gol urib, dublni rasmiylashtirdi.
- Karim Benzema (“Real”) — “Viktoriya”ga qarshi uchrashuvda dublga erishdi.
- Riyad Mahrez (“Manchester Siti”) — “Shaxtyor”ga qarshi bahsda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)