Xitoyda “Sinxua” davlat matbuot agentligi yangiliklar o‘quvchi sun‘iy boshlovchini “ishga oldi”. U bir sutkada 24 soat ishlashi, sintetik ovozdan foydalangan holda yangiliklarni o‘qishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ixtironing yaratuvchilari uning texnologiyasini oshkor qilmayapti. Taxmin qilinishicha, uning asosi uchun haqiqiy odamlar olingan. Asosiy qatlam yaratilganidan keyin og‘iz va yuzning jonlantirilgan qismlari qo‘shilgan.
Sun’iy boshlovchini televideniye, internet va mobil mahsulotlar uchun yangilik xabarlari yaratishda ishlatish rejalashtirilmoqda. Biroq yuz ifodalarining cheklangan diapazoni haqiqiy kamchilik sifatida qolmoqda. Shuningdek, o‘ta sun’iy eshitilayotgan ovoz ham yaxshilanishi kerak.
Izoh (0)